Paxta terimi: 2026-yilda “O‘zagrolizing” AJ tomonidan 957 dona zamonaviy paxta terish mashinasi lizing asosida yetkazib berildi
Paxta hosilini qisqa muddatda va nes-nobud qilmay yig‘ib olishda zamonaviy, yuqori unumli texnikalar hal qiluvchi o‘rin tutadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-97-son qarori doirasida 2026-yilda 800 dona paxta terish mashinasini yetkazib berish rejalashtirilgan edi. Biroq, joylardagi fermer xo‘jaliklari va paxta-to‘qimachilik klasterlarining yuqori talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, “O‘zagrolizing” AJ tomonidan jami 957 dona zamonaviy paxta terish mashinasi imtiyozli lizing asosida yetkazib berildi.
Ushbu zamonaviy texnikalar dalalarda terim sur’atini bir necha barobar oshirish, qo‘l mehnatini yengillatish hamda hosilni sifatli va xavfsiz saqlash imkonini yaratmoqda.
“O‘zagrolizing” AJ Axborot xizmati: www.uzal.uz | Telegram | Instagram