OAV biz haqimizda
2026-08-20
173 ko'rildi
Paxta terimi mavsumiga tayyorgarlik ishlari — Surxondaryo dalalarida qizg‘in davom etmoqda
Yangilangan sana: 2026-08-20
☁️ Paxta terimi mavsumi yaqinlashar ekan, Surxondaryo viloyati dalalarida mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
▶️Surxondaryo MTRK telekanalida efirga uzatilgan navbatdagi reportajda viloyatda paxta terim mavsumiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari, xususan, zamonaviy paxta terish mashinalarining mavsumga shay holatga keltirilishi haqida so‘z yuritildi.
🚜 Reportajda “O‘zagrolizing” AJ orqali lizing asosida yetkazib berilgan zamonaviy paxta terish mashinalarining imkoniyatlari, ularning paxta yig‘im-terim jarayonidagi ahamiyati hamda mavsumni qisqa muddatlarda va yuqori samaradorlik bilan tashkil etishdagi o‘rni yoritildi.