O‘zagrolizing AJ
O‘zbekiston yangiliklari
2026-10-22
197 ko'rildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev G‘uzorda paxta hosilini ko‘zdan kechirdi

Yangilangan sana: 2026-10-22
Prezident Shavkat Mirziyoyev G‘uzorda paxta hosilini ko‘zdan kechirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyati bo‘ylab tashrifi doirasida G‘uzor tumanida bo‘lib, paxta hosilini va yig‘im-terim ishlarining borishini ko‘zdan kechirdi.

Tashrif davomida yetishtirilgan paxta xomashyosining sifati, terimda zamonaviy paxta terish mashinalarining qo‘llanilishi, fermerlarning mehnat sharoitlari va ularni moddiy rag‘batlantirish choralari muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari dalada mehnat qilayotgan dehqon va paxtakorlar bilan samimiy suhbatlashib, yetishtirilgan hosilni nes-nobud qilmasdan qisqa muddatlarda yig‘ib olishda agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri tashkil etish zarurligini ta’kidladi.

Rasmiy manba: Prezident.uz | Kompaniya sahifalari: www.uzal.uz | Telegram