O‘zagrolizing AJ
O‘zbekiston yangiliklari
2026-10-21
192 ko'rildi

Davlatimiz rahbari Qarshi shahrida “Nasaf” brendi ostida zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalarini yig‘ish korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Yangilangan sana: 2026-10-21
Davlatimiz rahbari Qarshi shahrida “Nasaf” brendi ostida zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalarini yig‘ish korxonasi faoliyati bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida Qarshi shahrida joylashgan, “Nasaf” brendi ostida zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalarini yig‘ish bilan shug‘ullanuvchi “FM World” korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur korxona mamlakatimiz agrar sohasini yuqori unumdor, tejamkor va ilg‘or texnikalar bilan ta’minlash, qishloq xo‘jaligi mashinasozligini mahalliylashtirish ko‘lamini kengaytirish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda bu yerda turli quvvatdagi traktorlar, agregatlar va zamonaviy uskunalar yig‘ilmoqda.

Davlatimiz rahbari ishlab chiqarish jarayonlari, mahalliylashtirish darajasi va tayyor texnikalarning sifat ko‘rsatkichlarini ko‘zdan kechirib, agrar sohada unumdorlikni oshirish, fermerlar va klasterlar uchun texnikalar tannarxini maqbullashtirish hamda servis xizmatlarini yanada rivojlantirish yuzasidan muhim topshiriqlar berdi.

FM World korxonasida ishlab chiqarish jarayoni Nasaf brendidagi zamonaviy traktorlar Tashrif davomida taqdimot jarayoni Qishloq xo‘jaligi texnikalari namoyishi FM World yangi liniyalari Qarshi shahrida agromashinasozlik

Rasmiy manba: Prezident.uz | Kompaniya sahifalari: www.uzal.uz | Telegram | Instagram