O‘zagrolizing AJ
Jamiyat yangiliklari
2026-10-20
172 ko'rildi

33 ming tonnadan ortiq hosil: Qo‘shtepa paxta rejasini viloyatda birinchi bo‘lib bajardi

Yangilangan sana: 2026-10-20
33 ming tonnadan ortiq hosil: Qo‘shtepa paxta rejasini viloyatda birinchi bo‘lib bajardi

Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumani paxtakorlari joriy yilgi paxta hosili bo‘yicha shartnomaviy rejani viloyatda birinchi bo‘lib bajardilar.

Ushbu yuksak natijada zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalaridan samarali foydalanish va paxta yig‘im-terimini mexanizatsiyalashtirish muhim o‘rin tutdi.

Joriy yilda tumandagi 6 400 gektar maydonda paxta yetishtirilib, mavsum davomida 33 ming tonnadan ortiq paxta xomashyosi yig‘ib olindi. Ayrim ilg‘or xo‘jaliklarda hosildorlik gektariga 55–60 sentnerdan oshdi.

Bunda “O‘zagrolizing” AJ orqali yetkazib berilgan zamonaviy paxta terish mashinalarining ham alohida hissasi bor. Xususan, so‘nggi ikki yilda xarid qilingan 20 ta paxta terish mashinasi hosilni qisqa muddatlarda, sifatli va nobudgarchiliksiz yig‘ib olish, terim mavsumini samarali tashkil etishga xizmat qilmoqda.

Qo‘shtepa paxtakorlarining ushbu muvaffaqiyati ilg‘or agrotexnologiyalar, zamonaviy mexanizatsiya vositalari va fidokorona mehnat uyg‘unligi yuqori samaradorlikni ta’minlashining yorqin namunasidir.

Rasmiy sahifalarimiz: www.uzal.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube