Jamiyat yangiliklari
2026-10-09
170 ko'rildi
Davlat xizmatchilari uchun ishdan tashqari vaqtda ham odob-axloq talablari belgilanganmi?
Yangilangan sana: 2026-10-09
Davlat xizmatchilari uchun ishdan tashqari vaqtda ham odob-axloq talablari belgilanganmi?
Davlat xizmatchilari ishdan bo‘sh vaqtlarida umumqabul qilingan axloq normalariga rioya qilishlari va ularga zid bo‘lgan xulq-atvor va xatti-harakatlardan o‘zlarini tiyishlari shart.
Jumladan, quyidagilarga majbur:
- dabdababozlik, shuhratparastlik, guruhbozlik, maishatbozlik, ichkilikbozlik va boshqa salbiy illatlarga yo‘l qo‘ymaslik;
- xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslardan qimmatbaho sovg‘a olmaslik;
- xizmat avtotransport vositalaridan xizmat faoliyatidan tashqari holatlarda shaxsiy va boshqa maqsadlarda foydalanmaslik;
- tadbirkorlik yoki haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan (pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari) shug‘ullanmaslik;
- xizmat guvohnomasidan shaxsiy manfaatlar yo‘lida foydalanmaslik;
- ish faoliyati bilan bog‘liq maʼlumotlarni ishga aloqador bo‘lmagan boshqa shaxslar ishtirokida muhokama qilmaslik;
- shaxsiy transport vositalaridan foydalanishda belgilangan tartibga amal qilish, yo‘l harakati qoidalariga qatʼiy rioya etish.
Davlat xizmatchilari tomonidan Odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik holati ularga nisbatan axloqiy va intizomiy taʼsir choralarini qo‘llash uchun asos bo‘ladi.
Manba: https://lex.uz/ru/docs/-6236838
Korrupsiyaga duch kelsangiz Jamiyatning Kompleans-nazorat xizmatining murojaat uchun telefoniga qo'ng'iroq qiling: (71) 207-30-39.
Rasmiy sahifalarimiz: www.uzal.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube