“Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga! (16.01.2023)

“Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!
“Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati (100100, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 42a-uy, info@agroleasing.uz) 2023-yil 16-yanvar kuni soat 10:00 da jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi jamiyat binosi majlislar zalida oʻtkazilishini maʼlum qiladi.
Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi,
42a-uy, jamiyat binosining majlislar zali.
Jamiyat aksiyadorlarini roʻyxatga olish 2023-yil 16-yanvar kuni soat 09:00 da boshlanadi. Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlar qonunchilikka muvofiq shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni roʻyxatga olish vaqtida taqdim etishi shart. Yuridik shaxslarning vakillari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari soʻraladi.
Umumiy yigʻilish kun tartibiga kiritilgan masalalar:
  1. Sanoq komissiyasi aʼzolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
  2. Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi reglamentini tasdiqlash.
  3. “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati eʼlon qilingan aksiyalarining eng yuqori miqdorini belgilash.
  4. “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati Ustavini yangi tahrirda tasdiqlash.
  5. “Oʻzagrolizing” AJning tijorat banklari va Moliya vazirligi huzuridagi jamgʻarmadan jalb qilingan mablagʻlar toʻlov muddatini
    2 yil muddatga uzaytirish.
  6. Toʻlov muddati uzaytirilayotgan qarzdorliklarga taʼminot sifatida taqdim etilgan kafillik va koʻchmas mulklarni toʻlov muddatlariga mutanosib ravishda uzaytirish.
 Jamiyat aksiyadorlarining reestri shakllantiriladigan sanalar:
 – Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi: 2022-yil 21-dekabr;
– Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlarning reestrini shakllantirish sanasi: 2023-yil 10-yanvar.
Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi boʻyicha tayyorlangan hujjatlar bilan tanishish uchun quyidagi manzilga murojaat qilish mumkin: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 42a-uy, “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati.
Murojaat uchun telefon: 71 207-30-47

 3,757 umumiy ko'rishlar,  11 bugungi ko'rishlar

AKSIYADORLIK KAPITALI TUZILMASI

Loader
Loading...
EAD Logo
Taking too long?
Reload Reload document

|

Open Open in new tab

Yuklab olish

 3,758 umumiy ko'rishlar,  12 bugungi ko'rishlar

BOSHQARUV VA NAZORAT ORGANLARIGA TOʻLANGAN RAGʻBATLANTIRISH MIQDORLARI TOʻGʻRISIDA MAʼLUMOT

Loader
Loading...
EAD Logo
Taking too long?
Reload Reload document

|

Open Open in new tab

Yuklab olish

 3,759 umumiy ko'rishlar,  13 bugungi ko'rishlar

“Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga! (02.06.2022)

“Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati (100100, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 42a-uy, info@agroleasing.uz) 2022-yil 28-iyun kuni soat 10:00 da jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yigʻilishi jamiyat binosi majlislar zalida oʻtkazilishini maʼlum qiladi.
Jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 42a-uy, jamiyat binosining majlislar zali.
Jamiyat aksiyadorlarini roʻyxatga olish 2022-yil 28-iyun kuni soat 9:00da boshlanadi. Jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yigʻilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlar qonunchilikka muvofiq shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni roʻyxatga olish vaqtida taqdim etishi shart. Yuridik shaxslarning vakillari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari soʻraladi.
 Umumiy yigʻilish kun tartibiga kiritilgan masalalar: 
  1. Sanoq komissiyasi aʼzolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
  2. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi reglamentini tasdiqlash.
  3. Jamiyatning 2021-yil moliya-xoʻjalik faoliyati natijalari boʻyicha hamda jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Boshqaruv raisining hisobotini tasdiqlash.
  4. Jamiyat Kuzatuv kengashining 2021-yildagi faoliyati boʻyicha Kuzatuv kengashi raisining hisobotini tasdiqlash.
  5. Jamiyatning 2021-yil faoliyati natijalari boʻyicha taftish komissiyasi xulosasini eshitish va tasdiqlash.
  6. Jamiyatning 2021-yil faoliyati natijalari boʻyicha tashqi auditorlik tashkilotining xulosasini eshitish va tasdiqlash.
  7. Jamiyatning 2021-yil uchun yillik hisobotini tasdiqlash.
  8. Jamiyatning 2021-yil yakuni boʻyicha olingan sof foydasini taqsimlash. Dividendlar miqdorini, uni toʻlash shakli, muddati va tartibini belgilash.
  9. Jamiyat aksiyadorlari tomonidan belgilangan daʼvo muddatida talab qilib olinmagan dividendlarni jamiyat ixtiyorida qoldirish.
  10. 10. Jamiyat Kuzatuv kengashi aʼzolarini saylash.
  11. Jamiyat boshqaruv raisini saylash.
  12. Jamiyatda oʻtkazilgan korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash natijalarini eshitish.
  13. Jamiyatning 2022-yil moliyaviy-hoʻjalik faoliyatining yakunlari boʻyicha majburiy auditorlik tekshiruvini oʻtkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash hamda uning xizmatlariga toʻlanadigan haq miqdorini belgilash.
  14. Jamiyat tomonidan mazkur jamiyatning affillangan shaxslari va yirik bitimlar boʻyicha kelgusida tuziladigan bitimlarini tasdiqlash.
  15. “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati Ustavi yangi tahririni tasdiqlash.
  16. “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining Kuzatuv Kengashi toʻgʻrisida”gi Nizomi yangi tahririni tasdiqlash.
  17. “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati ijroiya organi – Boshqaruv toʻgʻrisida”gi Nizomi yangi tahririni tasdiqlash.
  18. “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi toʻgʻrisida”gi Nizomi yangi tahririni tasdiqlash.
 Jamiyat aksiyadorlarining reyestri shakllantiriladigan sanalar:
 – Jamiyat aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi: 2022-yil 2-iyun
– Jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi: 2022-yil 22-iyun
Jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yigʻilishi boʻyicha tayyorlangan hujjatlar bilan tanishish uchun quyidagi manzilga murojaat qilish mumkin: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 42a-uy, “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati.
 Murojaat uchun telefon: 71 207-30-47

 3,760 umumiy ko'rishlar,  14 bugungi ko'rishlar

“Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga! (14.10.2021)

“Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati (100100, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 42a-uy, info@agroleasing.uz) 2021-yil 5-noyabr kuni soat 10:00 dajamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi jamiyat binosi majlislar zalida oʻtkazilishini maʼlum qiladi.
Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 42a-uy, jamiyat binosining majlislar zali.
Jamiyat aksiyadorlarini roʻyxatga olish 2021-yil  5-noyabr kuni soat 9:00 da boshlanadi. Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlar qonunchilikka muvofiq shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni roʻyxatga olish vaqtida taqdim etishi shart. Yuridik shaxslarning vakillari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari soʻraladi.
Umumiy yigʻilish kun tartibiga kiritilgan masalalar:
  1. Sanoq komissiyasi aʼzolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
  2. Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi reglamentini tasdiqlash.
  3. Jamiyat Kuzatuv kengashi aʼzolarini saylash.
  4. Jamiyat Taftish komissiyasi aʼzolarini saylash.
  5. Jamiyatning 2021-yil boʻyicha moliyaviy-hoʻjalik faoliyatining yakunlarinimajburiy tekshirish uchun tashqi auditorlik tashkilotini hamda uning xizmatlariga toʻlanadigan haq miqdorini belgilash.
  6. Jamiyatniijroiya apparati tuzilmasini oʻzgartirishlar kiritgan holda yangidan tasdiqlash.
7.“Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi aʼzolarini mukofotlash toʻgʻrisidagi Nizom”ni yangi tahrirda tasdiqlash.
8.“Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashi toʻgʻrisidagi Nizom”ni yangi tahrirda tasdiqlash.
Jamiyat aksiyadorlarining reestri shakllantiriladigan sanalar:
– Jamiyat aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi: 2021-yil 13-oktyabr
– Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi: 2021-yil 1-noyabr
Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi boʻyicha tayyorlangan hujjatlar bilan tanishish uchun quyidagi manzilga murojaat qilish mumkin: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 42a-uy, “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati.
Murojaat uchun telefon: 71 207-30-47

 3,761 umumiy ko'rishlar,  15 bugungi ko'rishlar

“Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga! (18.05.2021)

Umumiy yigʻilish kun tartibi:
  1. Sanoq komissiyasi aʼzolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
  2. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi reglamentini tasdiqlash.
  3. Jamiyatning 2020-yil moliya-xoʻjalik faoliyati natijalari boʻyicha hamda jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Boshqaruv raisining hisobotini tasdiqlash.
  4. Jamiyat Kuzatuv kengashining 2020-yildagi faoliyati boʻyicha Kuzatuv kengashi raisining hisobotini tasdiqlash.
  5. Jamiyatning 2020-yil faoliyati natijalari boʻyicha taftish komissiyasi xulosasini eshitish va tasdiqlash.
  6. Jamiyatning 2020-yil faoliyati natijalari boʻyicha tashqi auditorlik tashkilotining xulosasini eshitish va tasdiqlash.
  7. Jamiyatning 2020-yil uchun yillik hisobotini tasdiqlash.
  8. Jamiyatning 2020-yil yakuni boʻyicha olingan sof foydasini taqsimlash. Dividendlar miqdorini, uni toʻlash shakli, muddati va tartibini belgilash.
  9. Jamiyat aksiyadorlari tomonidan belgilangan daʼvo muddatida talab qilib olinmagan dividendlarni jamiyat ixtiyorida qoldirish.
  10. Jamiyat Kuzatuv kengashi aʼzolarini saylash.
  11. Jamiyat Taftish komissiyasi aʼzolarini saylash.
  12. Jamiyatda oʻtkazilgan korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash natijalarini eshitish.
  13. Jamiyat ijroiya apparati tuzilmasini oʻzgartirishlar kiritgan holda yangidan tasdiqlash.
  14. Jamiyatning “2021-2025-yillarga moʻljallangan rivojlantirish strategiyasini” tasdiqlash.
  15. Jamiyatning 2021-yil yakunlari boʻyicha moliyaviy-hoʻjalik faoliyatining yakunlarini tekshirish uchun tashqi auditor tashkilotini hamda uning xizmatlariga toʻlanadigan haq miqdorini belgilash.
  16. Jamiyat tomonidan mazkur jamiyatning affillangan shaxslari va yirik bitimlar boʻyicha kelgusida tuziladigan bitimlarini tasdiqlash.
  17. “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining “Homiylik (hayriya) yoki begʻaraz yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish Tartibi”ni tasdiqlash.
  18. “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining “Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ovoz berish Tartibi”ni tasdiqlash.
  19. “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining “Minoritar aksiyadorlar qoʻmitasining faoliyat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ni tasdiqlash.
Jamiyat aksiyadorlarining reestri shakllantiriladigan sanalar:
Jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi: 2021-yil 17-may.
Jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi: 2021-yil 7-iyun.
Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yigʻilishi boʻyicha tayyorlangan hujjatlar bilan tanishish uchun quyidagi manzilga murojaat qilish mumkin: Toshkent shahar Bobur koʻchasi, 42a-uy, “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati.
Murojaat uchun telefon: (+998 71) 207-30-47.

 3,762 umumiy ko'rishlar,  16 bugungi ko'rishlar

Joriy yilning 5-mart kuni “Oʻzagrolizing” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi boʻlib oʻtdi. (10.03.2021)

Unda jami boʻlib 5 ta masala koʻrib chiqildi.
1. Sanoq komissiyasi aʼzolarining soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
2. Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi reglamentini tasdiqlash.
3. Jamiyat Boshqaruv raisini saylash.
4. Jamiyat tashkiliy va ijroiya apparati tuzilmasini yangidan tasdiqlash.
5. Jamiyatning 2021-2025-yillarga moʻljallangan divident siyosatini tasdiqlash.
Kun tartibidagi barcha masalalar Jamiyat aksiyadorlari tomonidan koʻrib chiqildi va tasdiqlandi.
Mazkur yigʻilishda Otajonov Nodir Sobirovich “Oʻzagrolizing” AJ Boshqaruv raisi etib saylandi.
“Oʻzagrolizing” AJ matbuot xizmati

 3,763 umumiy ko'rishlar,  17 bugungi ko'rishlar

“Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga! (11.02.2021)

“Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati (100100, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 42a-uy, info@agroleasing.uz) 2021-yil 5-mart kuni soat 10:00 da jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi jamiyat binosi majlislar zalida oʻtkazilishini maʼlum qiladi.
Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 42a-uy, jamiyat binosining majlislar zali.
 
Jamiyat aksiyadorlarini roʻyxatga olish 2021-yil 5-mart kuni soat 9:00 da boshlanadi. Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlar qonunchilikka muvofiq shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni roʻyxatga olish vaqtida taqdim etishi shart. Yuridik shaxslarning vakillari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari soʻraladi.
Umumiy yigʻilish kun tartibiga kiritilgan masalalar:
1. Sanoq komissiyasi aʼzolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
2. Jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi reglamentini tasdiqlash.
3. Jamiyat Boshqaruv raisini saylash.
4. Jamiyat tashkiliy va ijroiya apparati tuzilmasini yangidan tasdiqlash.
5. Jamiyatning 2021-2025-yillarga moʻljallangan dividend siyostini tasdiqlash.
Jamiyat aksiyadorlarining reestri shakllantiriladigan sanalar:
– Jamiyat aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi: 2021-yil 9-fevral
– Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi: 2021-yil 1-mart
Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi boʻyicha tayyorlangan hujjatlar bilan tanishish uchun quyidagi manzilga murojaat qilish mumkin: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 42a-uy, “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati.
Murojaat uchun telefon: 71 207-30-47

 3,764 umumiy ko'rishlar,  18 bugungi ko'rishlar

 3,756 umumiy ko'rishlar,  10 bugungi ko'rishlar