Davlat organlari va tashkilotlari o‘z faoliyatiga oid hisobotni e’lon qilishda
(jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish) hisobotga kiritiladigan
ma’lumot (axborot)larning 
NAMUNAVIY RO‘YXATI

 

Т/R Hisobotga kiritilishi lozim bo‘lgan

ma’lumot (axborot) nomi

Hisobotda aks ettirish shakli
1.       Hisobot yilida davlat organi yoki tashkiloti o‘z faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va olib borishda asosiy e’tibor qaratilgan soha hamda yo‘nalishlar; Matn shaklida
2.       Davlat organi yoki tashkiloti tashabbusi bilan o‘z faoliyati hamda muayyan sohani takomillashtirish (tartibga solish) yuzasidan ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar, joriy etilgan yangi mexanizmlar hamda ularning ijro holati haqidagi ma’lumotlar; Vakolatli vazirlik va idoralar bilan birgalikda Jamiyat faoliyatini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zagrolizing” AJ faoliyatini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-198 qarori 20.06.2023 yilda qabul qilindi. Bugungi kunda, ushbu qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.
3.       O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlari, Hukumat qarorlari hamda yuqori turuvchi organ topshiriqlarining ijro holati; Matn va infografika shaklida
4.       Davlat organi yoki tashkilotining o‘z faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqadigan sohalar (yo‘nalish) bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar  hamda kelgusi istiqbolda bajarilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar; Matn, infografika va raqamlar shaklida
5.       O‘z faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirishda bajarilgan ishlar, aniqlangan holatlar va ularni oldini olish borasida ko‘rilgan choralar; Matn va infografika shaklida
6.       Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash borasida amalga oshirilgan ishlar (umumiy murojaatlar soni, ularni soha, hudud va yo‘nalishlar kesimidagi ko‘rsatkichlari va boshqa holatlar); Matn va infografika shaklida
7.       Hisobot yilida davlat byudjeti va mahalliy byudjet, byudjetdan tashqari jamg‘armalar, barcha xomiylik va xalqaro (xorijiy) mablag‘lar hisobidan amalga oshirgan daromad va xarajatlari, shu jumladan xodimlarga to‘langan ish haqi, mukofot va rag‘batlantirish, xarid qilingan tovar (ish va xizmatlar), xizmat safari hamda byudjet jarayonining ochiqligini ta’minlashga oid boshqa ma’lumotlar; Matn, infografika va raqamlar shaklida
8.       Korruptsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, shu jumladan korruptsiyaviy huquqbuzarlik sodir etgan yoki bunga imkon yaratib bergan xodimlarga nisbatan ko‘rilgan choralar; Matn va raqamlar shaklida
9.       Ochiqlikni ta’minlash sohasida amalga oshirilgan ishlar, sohada samaradorlik va natijadorlikni oshirish hamda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilishga qaratilgan chora-tadbirlarning ijro holati; Matn, infografika va raqamlar shaklida
10.    Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat loyihalarini amalga oshirish samaradorligi, shu jumladan sohada raqamli infratuzilmani rivojlantirish, elektron xizmatlarni joriy etish va rivojlantirish holati; Matn shaklida
11.    Xodimlarni tanlash, joy joyiga qo‘yish, bilim va malakasi shu jumladan, professional  ko‘nikmalarini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar; Matn shaklida
12.    Davlat organi va tashkiloti huzuridagi jamoatchilik, maslahat va kollegial organlar faoliyati yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar; Matn shaklida
13.    Xorijiy mamlakatlarning shu vazifa va funktsiyalarni bajaruvchi organlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik, tajriba almashish va ilg‘or amaliyotni implementatsiya qilish  yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar; Matn, infografika va raqamlar shaklida
14.    O‘z faoliyatidagi ijobiy va salbiy ahamiyatdagi eng muhim ko‘rsatkichlarning oldingi yillardagi ko‘rsatkichlarga nisbatan qiyosiy tahlili (o‘sish va pasayish dinamikasida); Matn, infografika va raqamlar shaklida
15.    Davlat organlari va tashkilotlari o‘z faoliyatiga oid hibotni to‘liq va har tomonlama bo‘lishini ta’minlaydigan boshqa ma’lumot (axborot)lar. Matn, infografika va raqamlar shaklida

 

 

Izoh:

  1. Davlat organlari va tashkilotlari har yili 1 martga qadar o‘z faoliyatiga oid hisobotni (davlat sirlari va xizmatda foydalanish uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar bundan mustasno) rasmiy veb-saytidagi alohida sahifada joylashtiradi;
  2. Har yili 10 martga qadar hisobotlarni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish joyi va vaqti haqida xabar berishlari lozim;
  3. Hisobotning matni lo‘nda, oddiy va ravon tilda bayon etilishi, shuningdek keng jamotachilik uchun dolzarb ma’lumotlarni qamrab olingan bo‘lishi lozim;
  4. Mazkur namunaviy ro‘yxatdagi ma’lumotlar davlat organlari va tashkilotlari uchun hisobot e’lon qilish xajmining yakuniy chegarasini belgilamaydi.

 91 umumiy ko'rishlar,  3 bugungi ko'rishlar