O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyuldagi “DAVLAT ORGANLARI HUZURIDA JAMOATCHILIK KENGASHLARI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA“gi PQ-3837-sonli Qaroriga muvofiq har bir davlat organi, jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida jamoatchilik kengashini tashkil etish belgilab qo‘yilgan. “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati xo‘jalik boshqaruvi organi hisoblanib, respublila qishloq xo‘jaligi korxonalariga imtiyozli shartlarda qishloq xo‘jaligi texnikalarini lizing asosida yetkazib beradi. Jamiyatning 90 foizdan ortiq aksiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi egalik qiladi. Jamiyat faoliyati bilan bog‘liq muhim qarorlarni “Kuzatuv kengashi to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida Jamiyat Kuzatuv kengashi qabul qiladi.

Loading