Lizingga texnika olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar toʻplami (barcha turdagi lizing oluvchilar uchun)
-
Oʻrnatilgan shakldagi texnikani lizingga olish buyurtmasi.
-
Lizing oluvchi tashkilotning debitorlik-kreditorlik qarzlari toʻgʻrisida maʼlumot.
-
Lizing oluvchi tashkilotning oxirgi hisobot chorak (yili)dagi soliq inspeksiyasida tasdiqlangan buxgalteriya balansi (ilovalari bilan birgalikda).
-
Xizmat koʻrsatuvchi bankdan ssuda qarzlari va 2-sonli kartoteka toʻgʻrisida maʼlumot.
-
Lizing oluvchi tashkilot ustavi nusxasi va biznes reja.
-
Taʼsis shartnomasi nusxasi. (Fermer xoʻjaligidan boshqa lizing oluvchi yuridik shaxslar uchun).
-
Texnika olishga korxona taʼsischilarining rozilik bayonnomasi. (Fermer xoʻjaligidan boshqa lizing oluvchi yuridik shaxslar uchun).
Lizing shartnomasi tuzilganidan keyin:
-
Sugʻurta polisi (oʻziyurar texnikalar uchun).
-
Kafillik shartnomasi (texnika narxiga qarab).
Kafillik uchun quyidagi hujjatlar zarur:
Kafil fermer xoʻjaligi boʻlsa:
Xizmat koʻrsatuvchi bankdan ssuda qarzlari va 2-sonli kartoteka toʻgʻrisida maʼlumot.
Kafil mas’uliyati cheklangan jamiyat, aksiyadorlik jamiyati shaklidagi yuridik shaxs boʻlsa:
Xizmat koʻrsatuvchi bankdan ssuda qarzlari va 2-sonli kartoteka toʻgʻrisida maʼlumot va kafillik taqdim etish uchun korxona taʼsischilarining rozilik bayonnomasi.