Jamiyat tijorat tashkiloti bo’lib fermer, klasterlar Va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga (bundan keyin “lizing oluvchilar” deb ataladi) ularning buyurtmalariga muvofiq sotib olinadigan yangi zamonaviy resurstejamkor texnika va agregatlarni (bundan keyin “texnikalar” deb ataladi) lizingga berish hisobidan lizing xizmati ko’rsatish orqali foyda olish maqsadida tuzildi.
Jamiyatning faoliyat sohasi (asosiy yo’nalishlari) quyidagilardan iborat:
– Lizing oluvchilarning lizing asosida realizatsiya qilingan yangi zamonaviy resurstejamkor qishloq xo‘jaligi texnika va agregatlariga bo’lgan talablarini o‘rganish;
– agrar yo’nalishdagi faoliyatning ustuvorligini ta’minlagan holda lizing faoliyati yo’nalishlarini diversifikatsiyalash va kengaytirish;
– zamonaviy, xalqaro standartlarga javob beradigan lizing xizmatlari turlarini va innovatsion moliyaviy mahsulotlarni joriy etish;
– agrosanoat kompleksi, iqtisodiyotning real sektori korxonalarining lizing loyihalari va tadbirkorlikni moliyalashtirish uchun xorijiy kredit liniyalari va xalqaro moliya institutlarining mablag’larini jalb etish;
– lizing xizmatlarini ko’rsatish sohasiga zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish va kadrlar malakasini oshirish.
– Moddiy yoki nomoddiy aktiv ko’rinishidagi ko’char va ko’chmas mulkni sotib oladi, lizingga, shu jumladan qaytariladigan shakldagi lizingga beradi, ijaraga beradi, almashtiradi yoki mazkur mulk bilan bog’liq bo’lgan boshqa har qanday huquq va manfaatlarni amalga oshiradi.
– Boshqa yuridik shaxslarning aksiyalarini sotib olish yoki ularning ustav fondiga ulush qo‘shish natijasida, mazkur yuridik shaxsning faoliyati natijasidan kelib tushadigan dividendlarni tasarruf etadi.
– Yuridik va jismoniy shaxslar bilan mustaqil ravishda kontrakt (shartnoma) va bitimlar tuzadi, qonunchilik hujjatlarida man etilmagan va ushbu ustavda ko‘rsatilmagan faoliyat turlari bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shug‘ullanadi, O‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida o‘ziga majburiyatlar qabul qiladi.
– O’ziga qabul qilgan har qanday majburiyatlarni ko’chmas mulk yoki majburiyatlarni ta’minlashning boshqacha usullari bilan ta’minlaydi.
– O’z tobe xo‘jalik jamiyatlari faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo’lgan hollarda kafillik berish bo’yicha bitimlar tuzadi.
– O’z maqsadlariga erishish uchun qarz va kredit mablag‘lari oladi va olingan mablag’larning qaytarilishini ta’minlash maqsadida ularni moddiy va nomoddiy aktivlar ko’rinishida ko’char va ko‘chmas mulk sifatida sarmoya qilib kiritadi.
– O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi doirasida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradi.
– Asosiy faoliyatdan tashqari qo’shimcha foyda olish maqsadida Jamiyat, O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirishi mumkin.
– O’zbekiston Respublikasi va chet el fuqarolarini amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartiblarda ishga qabul qiladi, ularga oylik ish haqi miqdori va to’lov shaklini belgilaydi, rag‘batlantirish va imtiyozlar berish tartiblarini ishlab chiqadi va qo‘llaydi.

Fermer xo‘jaliklarini lizing asosida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta'minlash sohasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida.

Yuklab olish

Fermer xo‘jaliklarini lizing asosida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta'minlash sohasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida. Prezentatsiya.

Yuklab olish

Loading