Prezident huzurida Axborot texnologiyalari vazirligining faoliyati va 2022-yildagi rejalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

So‘nggi yillarda IT sohasi butkul yangidan tashkil etilgani ta’kidlandi.

Masalan, 2017-yilda sohaning eksporti hajmi bor-yo‘g‘i 600 ming dollar bo‘lgan bo‘lsa, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 46 million dollarga yetdi.

Joriy yilning birinchi choragida:

– IT xizmatlari eksporti 16 million dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 4 barobar oshdi;

– joylarda qo‘shimcha 2 800 ta mobil aloqa stansiyalari o‘rnatildi (3 barobar ko‘p);

– IT-park tomonidan 1,5 ming yoshlar ish bilan ta’minlanib, umumiy soni 11,5 ming nafarga yetdi.

Joriy yildan barcha yangi qurilgan ko‘p qavatli uylar optik internet bilan foydalanishga topshirilmoqda.

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘qib chiqqan yoshlar soha kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratmoqda.

Manba: https://t.me/Press_Secretary_Uz/1574

Loading

//