“OʻZAGROLIZING” AKSIYADORLIK JAMIYATI AKSIYADORLARI DIQQATIGA!

“Oʻzagrolizing” AJ kuzatuv kengashining 2023-yil 3-iyuldagi qaroriga asosan Jamiyat Ustav kapitalining miqdorini 316 121 189 865 soʻmga koʻpaytirish maqsadida nominal qiymati 2 535 soʻm boʻlgan 124 702 639 dona egasining nomi yozilgan oddiy hujjatsiz shakldagi qoʻshimcha aksiyalarning chiqarilishi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan 2023-yil 10-iyulda P0145-14- son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi maʼlum qilinadi.
Qoʻshimcha aksiyalar chiqarilishi toʻgʻrisidagi qarorga asosan Jamiyat aksiyalari aksiyadorlarga imtiyozli sotib olish huquqi taqdim etish bilan yopiq obuna orqali joylashtiriladi.
Qoʻshimcha aksiyalar chiqarilishi toʻgʻrisidagi qarorga asosan jamiyat aksiyadorlariga qoʻshimcha chiqarilgan aksiyalarni imtiyozli sotib olish huquqi beriladi. Imtiyozli sotib olish huquqining amal qilish muddati bildirishnoma ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran 10 (oʻn) kun davomida amal qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining
35-moddasiga asosan Jamiyat tomonidan qoʻshimcha chiqarilgan 124 702 639 dona oddiy aksiyalarni imtiyozli sotib olish huquqi Jamiyat aksiyadorlarining 2023-yil 3-iyul holatiga tuzilgan reestriga kiritilgan oddiy aksiyalar egalariga taqdim qilinadi.
Qoʻshimcha chiqarilgan aksiyalar nominal qiymatda joylashtiriladi.
Aksiyalarni imtiyozli sotib olish huquqiga ega shaxslarga ushbu chiqarilishdagi aksiyalar 2 535 soʻmdan (nominal qiymatda) joylashtiriladi.
Imtiyozli huquqqa ega boʻlgan aksiyador aksiyalarni olishi toʻgʻrisida oʻzining ismi-sharifi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri), oʻzi oladigan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning soni koʻrsatilgan yozma shakldagi arizani va haq toʻlaganlik toʻgʻrisidagi hujjatni jamiyatga yuborish orqali oʻz imtiyozli huquqini toʻliq yoki qisman amalga oshirishga haqli. Bunday ariza mazkur imtiyozli huquqning amal qilish muddati ichida jamiyatga taqdim etilishi kerak.
Imtiyozli huquqning amal qilish muddati, agar bu muddat oʻtguniga qadar jamiyatning barcha aksiyadorlaridan imtiyozli huquqdan foydalanish toʻgʻrisida yoki undan foydalanishdan voz kechish haqida yozma ravishda arizalar olingan boʻlsa, tugaydi.
Imtiyozli huquqning amal qilish muddati tugaganidan keyin qolgan aksiyalar qoʻshimcha aksiyalar chiqarilishi toʻgʻrisidagi qarorda belgilangan tartibda joylashtiriladi.
Imtiyozli huquqdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Imtiyozli huquq boʻyicha joylashtiriladigan aksiyalar uchun toʻlov pul mablagʻlari bilan amalga oshiriladi.
Aksiyalar uchun pul mablagʻlari Jamiyatning quyidagi hisob raqamiga qabul qilinadi:
Bank nomi – “Agrobank” ATB Toshkent shahar filiali,
Bank kodi – 00394, STIR – 203071206.
Hisob raqam: 20210000904021251001.
“Oʻzagrolizing” AJ aksiyadorlari imtiyozli olishga haqli boʻlgan aksiyalarning sonini aniqlash tartibi quyidagi formulaga asosan aniqlanadi:
(A/41 669 087)*124 702 639=V;
Bunda:
41 669 087 – Jamiyat ustav kapitalidagi oddiy aksiyalar soni;
124 702 639 – qoʻshimcha chiqarilgan aksiyalar umumiy soni;
A – aksiyadorga tegishli oddiy aksiyalari soni;
V – imtiyozli huquqi mavjud aksiyador tomonidan cotib olinishi mumkin boʻlgan aksiyalar soni.
Qoldiq hosil boʻlgan hollarda, qoldiq son 5 (besh) ga teng va undan ortiq boʻlsa koʻpaygan tomonga, 5 (besh) dan kam boʻlsa kamaygan tomonga butlanadi.
Aksiyadorlar qoʻshimcha maʼlumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat qilishlari mumkin:
100100, Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 42A-uy, telefon: +998 71 207-30-47, Faks: (+99871) 207-30-41, ye-mail: info@agroleasing.uz.

Loading

//