Samarqandda “Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash” masalalarini muhokama qilish doirasida konfrensiya o‘z ishini boshladi.
Xalqaro konferensiyada ishtirok etish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida hamkorlik harakatlarini ishlab chiqish uchun dunyoning 32 davlatidan 2330 nafar mutaxassis va ekspertlar Samarqandga tashrif buyurishdi.
Xalqaro oziq-ovqat xavfsizligi konferensiyasining maqsadi — Respublikada yetishtirilayotgan turli xil qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini dunyo darajasida tanishtirish hamda fermerlar, klasterlar, ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan yaratilgan yangiliklarni 130 dan ortiq qatnashuvchi davlatlar vakillariga ko‘rsatishdan, ular bilan hamkorlik qilishdan iboratdir.
Xalqaro ko‘rgazma tafsiloti va jarayonlarini rasmiy saytimiz hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali kuzatib boring.