Yakka tartibdagi tadbirkor shaklidagi “Tomorqa xizmatlari”ga 1 tadan mini-traktorlarni yetti yilda toʻlash sharti bilan lizing asosida yetkazib berish yoʻlga qoʻyilmoqda.
Bu haqda AOKAda “Oʻzagrolizing” AJ rahbariyati ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlumot berildi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzagrolizing” AJ oʻrtasida uch tomonlama qayta kreditlash bitimi imzolandi va 30 mln. dollarlik Jahon banki kredit liniyasi ochildi.
Ushbu kredit liniyasi hisobidan dastlabki 52 dona yuqori unumli texnikalarni moliyalashtirishga ruxsat berilib, 46,7 mlrd.soʻmlik mablagʻlar texnika ishlab chiqaruvchilarga toʻlab berildi.
Hozirgi kunda respublikada ishlab chiqarilgan va zarur sertifikatga ega boʻlgan har qanday qishloq xoʻjaligi texnikasini 10 yilgacha muddatga, lizing marjasi 19 foizdan oshmagan holda lizing asosida yetkazib berish imkoniyati bor.
Qishloq xoʻjaligi texnikasini lizingga olish boʻyicha murojaatlar 3 kun ichida koʻrib chiqilib, texnikalar qisqa muddatlarda yetkazib beriladi.
Batafsil