Oʻtgan 25 yilda “Oʻzagrolizing” AJ tomonidan qariyb 99,7 mingdan ziyod 9,5 trln soʻmdan ortiq qishloq xoʻjaligi texnikasi lizing asosida yetkazib berilgan.

AOKAda “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati mutasaddilari ishtirokida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida oʻtgan yilda erishilgan natijalar hamda 2025-yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan maʼlumot berildi:
2024-yil “Oʻzagrolizing” AJ faoliyatida tub burilishlar yili boʻldi:
Birinchidan, Xalqaro moliya institutlaridan uzoq muddatli, past foizli mablagʻlar jalb qilishga imkoniyatlar ochildi.
Ikkinchidan, “Oʻzagrolizing” AJ ustav fondi 2023-yilda 286 milliard soʻmga oshirishga erishldi.
Uchichidan, 235,5 million AQSH dollarini jalb etish orqali qishloq xoʻjaligi korxonalariga 8,5 ming donadan ortiq zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi, shu jumladan 436 ta paxta terish kombaynlari yetkazib berish imkoniyati yaratildi.
Toʻrtinchidan, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan “Oʻzagrolizing” AJga ajratilgan 100 million AQSH dollari hisobidan qishloq xoʻjaligi korxonalariga 2 mingdan ortiq qishloq xoʻjaligi texnikasi va agregatlari, shu jumladan 325 ta paxta terish kombaynlar yetkazib berishga erishildi.
Batafsil

Loading

//