2025-yilning 31-yanvar holatiga “Oʻzagrolizing” AJning lizing portfeli 3 trln. 534 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Oʻzagrolizing”AJ Axborot xizmati rahbari Sarvinoz Mirzayeva maʼlum qildi.
“Oʻzagrolizing” AJning lizing portfeli 2024-yilning 1-yanvar holatiga 1 trln. 528 mlrd. soʻmni tashkil etgan. Yil boshiga nisbatan oʻsish 2 trln. 006 mlrd. soʻm.
Shuningdek, Jamiyat tomonidan 2025-yil 27-mart holatiga lizing asosida 5 320 dona shartnoma imzolandi hamda 2 787 dona texnikalar uchun boʻnak toʻlovlari shakllantirildi, shuningdek, 1 770 dona qiymati 399,4  mlrd.soʼmlik turli rusumdagi qishloq xoʻjaligi texnikasi va mexanizmlari lizing asosida yetkazib berildi. Jumladan, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari bilan hamkorlikda
– 284 dona traktorlar;
– 19 dona lazerli yer tekislagichlar;
– 35 dona paxta terish mashinalari;
– 44 dona omochlar;
– 563 dona ekin seyalkalari;
– 240 dona purkagichlar;
– 68 dona kultivatorlar;
– 146 dona mineral oʻgʻit sepgichlar;
– 371 dona boshqa turdagi texnika va mexanizmlar Respublika qishloq xoʻjaligi korxonalariga yetkazib berildi.
Maʼlumot oʻrnida, lizing asosida berilgan har bir oʻzi yurar texnikalarga  GPS qurilmasi oʻrnatilgan boʻlib, bu orqali lizing obektlarining texnik monitoringi amalga oshirilmoqda. Jumladan joriy yilning 26-mart holatiga koʻra “Oʻzagrolizing” AJ tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat hududiy filiallariga yetkazib berilgan oʻzi yurar texnikalarga jami 1 890 ta GPS qurilmasi oʻrnatildi.
Batafsil.

Loading

//