Andijon viloyatida 2025-yilgi g‘alla o‘rish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

“O‘zagrolizing” AJ tomonidan yetkazib berilgan 83 ta zamonaviy don o‘rish kombaynlari mavsumda faol ishtirok etadi.
Andijon viloyatida 2025-yilgi g‘alla o‘rish mavsumiga tayyorgarlik ishlari izchil olib borilmoqda. Jumladan, joriy yilda g‘alla o‘rish jarayonlarida ishtirok etuvchi 222 ta don o‘rish kombaynlarining to‘liq texnik ko‘rik va ta’mirlash ishlari yakunlandi.
Mavjud texnikalarning to‘liq ishga yaroqli holatga keltirilishi, ularning yuqori samaradorligini ta’minlash, o‘rim-yig‘im mavsumini o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, “O‘zagrolizing” AJ tomonidan so‘nggi yillarda yetkazib berilgan zamonaviy, yuqori unumdorlikka ega, energotejamkor kombaynlar mavsumda faol ishtirok etadi:
-63 ta — avvalgi yillarda yetkazib berilgan kombaynlar
-20 ta — 2025-yilda yangidan yetkazib berilayotgan kombaynlar
Jami: 83 ta zamonaviy texnika vositasi
Bu texnikalarning asosiy ustunliklari shundaki, ular orqali ish unumdorligini oshirish, yoqilg‘i sarfini kamaytirish va mexanizatorlarning mehnatini yengillashtirish mumkin bo‘ladi.
“O‘zagrolizing” AJ tomonidan qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini texnika bilan ta’minlash va g‘alla yetishtirishda fermerlarga ko‘maklashish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Loading

//