Olot: “Akbar Joʻrayev saxovati” fermer xoʻjaligida ham gʻalladan moʻl hosil yetishtirildi.

Qishloq xoʻjaligida koʻp yillik tajriba maktabiga ega Buxoro viloyatininng Olot tumani mirishkorlari ham keyingi yillarda jami 18 ming gektardan ortiq yerda dehqonchilik qilib kelishmoqda. Olis tuman mirishkorlari 7 ming 652 gektar yerda sanoat uchun 15 ming 400 tonnadan ortiq paxta yetishtirish maqsadida qattiq mehnat qilmoqdalar.
Shu bilan birga, hududda 5 ming 369 gektardan ortiq yerda 16 ming tonnaga yetkazib sara bugʻdoy yetishtirish, oʻrim-yigʻim yakuniga qadar yalpi bugʻdoy xirmonini 31 ming tonnadan oshirish saʼy-harakati bormoqda.
Ayni kunda qulay ob-havo sharoitida, har bir quyoshli kundan foydalanib, jumladan, Denov, Paxtakor, Chorbogʻ, Sharq yulduzi, Oq oltin, Oʻzbekiston, Bahoriston, Guliston kabi hududlarda qishloq xoʻjaligi, gʻoʻza parvarishiga doir dolzarb agrotexnik tadbirlar bilan birga elimiz rizq-roʻzi manbai—yetilib pishgan sara bugʻdoy hosilini nest-nobud qilmasdan oʻrib-yigʻib olish, fermer xoʻjaliklari moddiy manfaatdorligini oshirish chora-tadbiri koʻrilmoqda.
Darhaqiqat, qishloq xoʻjaligi fidoyilari—mehnatkash fermerlar va ular ishchi-mexanizatorlari tomonidan barakali hosil uchun qilingan zahmatli mehnat endilikda oʻz samarasini bermoqda. Joriy yilgi mavsumda tumandagi 202 ta fermer xoʻjaligi tomonidan jami 5 ming 369 gektar maydonda bugʻdoy ekib parvarishlanib, sara gʻalla hosili yetishtirilgan boʻlsa, bugunga kelib fermerlar va ularga yaqindan koʻmaklashayotgan kombayn ekipajlari, mexanizatsiyalashgan otryadlar kuchi tufayli daladan oʻrib-yigʻib, qabul maskanida saranjomlanayotgan sara bugʻdoy xirmoni 11 ming tonnaga yaqinlashib qoldi.
Olis tuman gʻalla dalalarida hosilni vaqtida va sifatli yigʻib olish uchun barcha zarur choralar koʻrilgan. Oʻrim boshidan 20 ta otryad shakllantirilib, ularda 23 ta zamonaviy kombayn, yuzga yaqin don tashuvchi yuk avtomashinasi ishga safarbar etilgan. Hozirda birgina “Chandir” hududida faoliyat yuritayotgan ilgʻor fermerlardan biri “Akbar Joʻrayev saxovati” xoʻjaligi mirishkorlarining ham qoʻli-qoʻliga tegmaydi.
Asosan paxta va gʻallachilikda koʻp yillik tajribaga ega xoʻjalikda 19 gektar yerda sara bugʻdoy yetishtirilgan boʻlib, shu kunlarda yalpi xirmonni yuz tonnadan oshirish uchun puxta zamin yaratilgan. Albatta, bir xoʻjalikda kuniga oʻrib saranjomlanayotgan 15-20 tonna bugʻdoy hosili davr bilan hamnafas, mehnatkash dehqon mirishkorlar mehnatining yorqin ifodasidir.

Loading

//