“O‘zagrolizing” AJda tizim samaradorligi va istiqboldagi rejalar muhokamasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatida Jamiyat Boshqaruv raisi o’rinbosari A. Nasirdinov boshchiligida Jamiyat boshqaruv a’zolari va boshqarma rahbarlari, hududiy bo‘linmalar mas’ullari hamda tizim tashkilotlari vakillari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish avvalida jamiyat tizimida olib borilayotgan ishlarning natijadorligi tanqidiy tahlil qilindi. Mavjud muammolar, ularning sabablari va bartaraf etish yo‘llari yuzasidan taklif va tavsiyalar tinglandi. Shuningdek, hududlardagi faoliyat holati bo‘yicha mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi.
Yig‘ilish davomida lizing yo‘nalishidagi tashabbuslarning izchilligini ta’minlash, mavjud mexanizmlarni takomillashtirish va bu borada samaradorlikni oshirish maqsadida maxsus ishchi guruh tashkil etish taklifi ko‘rib chiqildi hamda ushbu yo‘nalishda amaliy chora-tadbirlar belgilandi.
Bundan tashqari, jamiyat faoliyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatuvchi investitsiya loyihalari muhokama qilinib, mavjud rejalar qayta ko‘rib chiqildi. Agrar sohaga zamonaviy texnika va texnologiyalarni jalb etish, xorijiy investitsiyalar va grantlar hajmini oshirish dolzarbligi alohida ta’kidlandi.
Muhokamalar yakunida Boshqaruv raisi o’rinbosari A. Nasirdinov amalga oshirilayotgan islohotlar dolzarbligiga to‘xtalib, sustkashlik va e’tiborsizlik holatlariga yo‘l qo‘yilmasligi zarurligini qat’iy uqtirdi. U yig‘ilish kun tartibida belgilangan barcha vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.

Loading

//