2025-yilning birinchi yarmida 16194 dona lizing obyekti toʻliq monitoringdan oʻtkazildi.
Bu haqda “Oʻzagrolizing” AJ Axborot xizmati rahbari Sarvinoz Mirzayeva maʼlum qildi.
2025-yilgi gʻalla hosilini qisqa muddatlarda nest-nobud qilmasdan oʻrib-yigʻib olishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarga barcha manbalar hisobidan jami 195 dona gʻalla oʻrish kombayni, shu jumladan “Oʻzagrolizing” AJ tomonidan qiymati 275 milliard soʻmlik 111 dona zamonaviy gʻalla oʻrish kombayni yetkazib berildi.
Bu koʻrsatkich texnika yetkazib berish borasida avvalgi yillarga nisbatan sifat va miqdor jihatidan yangi bosqichni belgilab berdi.
Yetkazib berilgan kombaynlar zamonaviy rusumlar bilan taʼminlangan boʻlib:
-
32 dona umumiy qiymati 78,5 milliard soʻmlik Dominator-260,
-
44 dona qiymati 107,2 milliard soʻmlik CASE 4088 4WD,
-
35 dona umumiy qiymati 89,3 milliard soʻmlik New Holland TC-5.90 4WD rusumli zamonaviy gʻalla oʻrish kombaynlari hisoblanadi.
Batafsil.