Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli prezident!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuni munosabati bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar, parlamentlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar, yetakchi xorijiy kompaniyalar rahbarlari, taniqli jamoat, din va sport arboblari, mamlakatimizning barcha hududlari va xorijdagi yurtdoshlarimizdan samimiy qutlovlar kelmoqda.
Maktublarda Oʻzbekiston Prezidenti rahbarligida aholi farovonligini oshirish, mamlakat barqarorligi va izchil taraqqiyotini taʼminlash, uning xalqaro nufuzini mustahkamlashga qaratilgan ortga qaytmas siyosiy islohotlar va ijtimoiy-iqtisodiy yangilanishlar dasturini samarali amalga oshirish borasida erishilgan yuksak natijalar qayd etilgan.
Prezidentimizga mustahkam sogʻlik va masʼuliyatli davlatchilik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, Oʻzbekistonning koʻp millatli xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilgan.
Shuningdek, bugun davlatimiz rahbarining koʻplab mamlakatlar yetakchilari bilan telefon orqali muloqotlari rejalashtirilgan.