“Shinjon” usuli – samaradorlik, tejamkorlik va mo‘l hosil kafolati.
Qashqadaryo viloyatining “Koson” fermer xo‘jaligiga qarashli paxta dalasida ilg‘or agrotexnologiyalar amalda o‘z natijasini bermoqda.
Xususan, xo‘jalikning 7 gektar maydonida xorijiy paxta navi zamonaviy agrotexnika — “Shinjon” usuli asosida ekilgan. Yondosh hududda esa paxta an’anaviy — yakkaqator va ochiq holda yetishtirilmoqda.
Taqqoslash natijalari shuni ko‘rsatadiki, “Shinjon” usulida yetishtirilayotgan paxtaning o‘sish sur’atlari hamda hosildorlik ko‘rsatkichlari an’anaviy usulga nisbatan ancha yuqori. Bu esa texnologiya va innovatsiyalarni qishloq xo‘jaligida joriy etish nafaqat samaradorlikni, balki iqtisodiy foydani ham sezilarli darajada oshirishini yaqqol isbotlaydi.
Bugungi kunda paxtachilikda yuqori hosil va tejamkorlikka erishish uchun yangicha yondashuvlar zarur. “Shinjon” usuli esa bu borada amaliy natijalar bilan tasdiqlangan ilg‘or tajriba sifatida e’tirof etilmoqda.
Xulosa o‘rnida aytish joizki, har bir fermer va dehqon yuqori hosil olishni istasa, zamonaviy agrotexnologiyalarga tayanishi, yangiliklardan chetda qolmasligi zarur.