Zamonaviy texnika – sifatli hosil garovi

 

   Qishloq xo‘jaligida hosildorlikni oshirish va sifatli hosil yig‘ib olishda zamonaviy texnikaning o‘rni beqiyos. Ayniqsa, paxta yetishtirish jarayonida ilg‘or agrotexnologiyalar va yuqori unumdor paxta terish mashinalaridan foydalanish nafaqat mehnat samaradorligini oshiradi, balki yig‘im-terim vaqtida hosilning tozaligi va sifatini ta’minlaydi.

   Paxta terish mashinalari — fermer xo‘jaliklari uchun ishonchli yordamchi. Ular qisqa vaqt ichida katta maydondagi hosilni yig‘ib-terib, inson mehnatini yengillashtiradi. Zamonaviy modellarda terilgan paxtaning ifloslanish darajasi minimal bo‘lib, tolalarini shikastlamasdan yig‘ib olish imkonini beradi. Bu esa keyingi qayta ishlash jarayonida yuqori sifatli mahsulot olishga zamin yaratadi.

Loading

//