26 dona zamonaviy paxta terish mashinasi lizing asosida yetkazib berildi.

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash, agrotexnik tadbirlarni zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish va paxtachilikda hosildorlikni oshirish maqsadida Namangan viloyatida 26 dona FM WORD rusumli paxta terish mashinasi lizing asosida yetkazib berildi.
Mazkur texnik vositalar “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati orqali lizing oluvchilarga taqdim etilib, viloyatning uchta tumaniga quyidagicha taqsimlandi:
– Mingbuloq tumani – 15 dona
– Norin tumani – 10 dona
– Namangan tumani – 1 dona
FM WORD rusumli paxta terish mashinalari yuqori unumdorligi, tejamkorligi va agrotexnik talablarga muvofiqligi bilan ajralib turadi. Ushbu texnikalarning joriy etilishi orqali terim mavsumida qo‘l mehnatini kamaytirish, hosilni o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib olish imkoniyati yaratiladi.
Bugungi kunda paxta yetishtiruvchi hududlarda mexanizatsiyalashtirish darajasini oshirish strategik ahamiyat kasb etmoqda. Shu boisdan, “O‘zagrolizing” AJ tomonidan fermer xo‘jaliklari va klasterlar ehtiyojidan kelib chiqib, zamonaviy texnikalarning bosqichma-bosqich yetkazilishi davom ettiriladi.

Loading

//