Xorazm hamda Navoiy viloyatlariga paxta terish mashinalari yetkazib berildi

   Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida, paxta yig‘im-terimi mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Jumladan, “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Xorazm va Navoiy viloyatlariga zamonaviy paxta terish mashinalari belgilangan muddatlarda yetkazib berildi.

   Mazkur texnikalar hududlardagi fermer xo‘jaliklari va klaster korxonalariga taqsimlanib, mavsum boshlanishidan oldin to‘liq shay holatga keltirilmoqda. Texnik xizmat ko‘rsatish va ehtiyot qismlar bilan ta’minlash ishlari ham tizimli yo‘lga qo‘yilgan.

   Yangi avlod paxta terish mashinalarining samaradorligi yuqori bo‘lib, ular qisqa muddat ichida hosilni sifatli yig‘ib-terib olish imkonini beradi. Bu esa paxtachilikda mehnat unumdorligini oshirish, xarajatlarni kamaytirish hamda hosilni talafotsiz yig‘ib olishga xizmat qiladi.

   “O‘zagrolizing” AJning hududiy bo‘linmalari tomonidan barcha texnikalar mavsumga tayyor holatga keltirilishi qat’iy nazoratga olingan bo‘lib, yaqin kunlarda ushbu jarayon to‘liq yakunlanadi.

 

 

Loading

//