Bilim va amaliy tajriba — ko‘zlangan natijadorlikni ta’minlaydi

   “O‘zagrolizing” AJ tomonidan mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida mexanizatsiyani keng joriy etish, fermer xo‘jaliklarini zamonaviy texnika bilan ta’minlash va agrotexnik tadbirlarni samarali tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

   Shu maqsadda, Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari uchun ko‘rgazmali seminar tashkil etildi. Tadbirda Samarqand viloyat hokimining Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Botir Jabborov, Oqdaryo tumani hokimi Sherzod Qudratov, viloyatdagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari, tijorat banklari vakillari hamda “O‘zagrolizing” AJ Samarqand viloyati filiali mutasaddilari ishtirok etdilar.

   Seminar davomida Xitoyda ishlab chiqarilgan yangi avlod “BOSHIRAN” rusumli paxta terish mashinasining texnik imkoniyatlari, unumdorligi va zamonaviy afzalliklari batafsil tanishtirildi. Mazkur texnika paxta yig‘im-terimida mehnat unumdorligini oshirish, xarajatlarni kamaytirish va fermer xo‘jaliklari uchun qulaylik yaratishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

   Tadbir so‘ngida “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining Samarqand viloyati filiali tomonidan viloyatga olib kelingan 30 dona “BOSHIRAN” rusumli zamonaviy paxta terish mashinalari Samarqand viloyatining 7 ta tumanidagi fermer xo‘jaliklariga topshirildi.

   Kelgusida ham “O‘zagrolizing” AJ qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini ilg‘or texnika vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha loyihalarni izchil davom ettiradi.

Loading

//