Paxta terimida samaradorlik: fermerlar uchun Boshiran texnikasi bo‘yicha seminar.

Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Zumrad Ibrat” fermer xo‘jaligining dala maydonida qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va hosildorlikni oshirishga qaratilgan amaliy seminar tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Boshiran texnikasini xarid qilgan fermer xo‘jaliklari ishtirok etdilar. Seminar davomida Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan malakali mutaxassislar paxta terim mashinalaridan samarali foydalanish, ularning to‘g‘ri ekspluatatsiya qilinishi va texnik xizmat ko‘rsatish qoidalari yuzasidan batafsil amaliy ko‘rsatmalar berdilar. Shuningdek, dala sharoitida texnikaning ishlash jarayoni namoyish etilib, ishtirokchilarning savollariga atroflicha javob qaytarildi.
Tadbirning asosiy maqsadi fermer va klaster xo‘jaliklari o‘rtasida ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, paxta terimi jarayonida mehnat unumdorligini oshirish hamda zamonaviy agrotexnika vositalaridan keng foydalanishni ta’minlashdan iboratdir.

Loading

//