Navbahorda yangi avlod paxta terish mashinalari mavsumga shay.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-fevraldagi PQ-67-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ishlar jadal davom etmoqda. Ushbu jarayon doirasida “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati orqali Navoiy viloyatining Navbahor tumaniga BOSHIRAN, SWAN, John Deere hamda FM WORLD rusumli jami 5 ta zamonaviy paxta terish mashinasi yetkazib berildi.
Texnikalarning samarali ekspluatatsiyasini yo‘lga qo‘yish maqsadida tumandagi “Abdurahmon Furqat” fermer xo‘jaligida keng qamrovli seminar tashkil etildi. Tadbirda qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbarlari, mexanizatorlar, Jamiyatning viloyat filial vakillari hamda viloyat va tuman miqyosidagi mas’ul tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.
Seminar davomida:
– texnikalarning afzalliklari va ekspluatatsiya qoidalari tushuntirildi;
– mexanizatorlarga amaliy ko‘nikmalar berildi;
– xizmat ko‘rsatish va zaxira qismlar bilan ta’minlash mexanizmlari muhokama qilindi.
Mazkur tashabbus kelgusi paxta terimi mavsumida hosilni sifatli va tezkor yig‘ib olishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi mexanizatsiya jarayonini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda fermer xo‘jaliklari xarajatlarini qisqartirish imkonini beradi.

Loading

//