Qozog‘iston Respublikasining “Bank CenterCredit” AJ hamda “VSS Leasing” MChJ delegatsiyalari tashrif buyurdi.

“O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatiga Qozog‘iston Respublikasining “Bank CenterCredit” AJ hamda “VSS Leasing” MChJ yuqori martabali delegatsiyalari tashrif buyurdi. Tashrifning asosiy maqsadi — bank va lizing sohalarida tajriba almashish, hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish hamda qo‘shma loyihalar uchun yangi imkoniyatlarni o‘rganishdan iboratdir.
Mehmonlar tashrif doirasida bevosita “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining Boshqaruv raisi o’rinbosari A. Nasirdinov bilan muzokaralar o‘tkazdilar.
Suhbat chog‘ida tomonlar, lizing sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari va transport vositalarini moliyalashtirish, qo‘shma ishlab chiqarish va servis loyihalarini amalga oshirish, hududlar miqyosida yangi iqtisodiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalarga alohida e’tibor qaratdilar.
Delegatsiya a’zolari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan lizing siyosati va qishloq xo‘jaligida mexanizatsiya jarayonlariga yuksak baho berib, kelgusida o‘zaro sheriklikni yanada chuqurlashtirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va ikki davlat o‘rtasida barqaror hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Loading

//