Qishloq xo‘jaligi texnikasini modernizatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.

“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatida qishloq xo‘jaligi sohasini modernizatsiya qilish, texnika ta’minoti va servis xizmatlarini yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda UHM Landtech LLC kompaniyasi asoschisi va “Constant Holding” kuzatuv kengashi a’zosi Yashar Injesu, kompaniyaning ijrochi direktori Saburov Baxtiyor, shuningdek John Deere Financial xalqaro savdo moliyalashtirish bo‘yicha direktori Timo Zacharias ishtirok etdilar.
Delegatsiya vakillari Jamiyat boshqaruv raisi o‘rinbosari A. Nasirdinov bilan samarali muzokaralar olib bordilar. Suhbat davomida tomonlar qishloq xo‘jaligida mexanizatsiyalash jarayonlarini jadallashtirish, zamonaviy texnikalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, servis xizmatlari sifatini oshirish hamda istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha atroflicha fikr almashdilar.
Uchrashuv chog‘ida qayd etilganidek, mamlakat agrar sektorini barqaror rivojlantirishda qishloq xo‘jaligi texnikalari va xizmatlarini yetkazib berishda xorijiy investitsiyalarni jalb etish, ilg‘or tajribalarni tatbiq etish hamda innovatsion yechimlarni qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu munosabat bilan, tomonlar kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, fermer xo‘jaliklari va agroklasterlarga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, shuningdek servis va ta’minot tizimini yanada mustahkamlash bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy yechimlarni joriy etish borasida qat’iy intilishlarini bildirdilar.

Loading

//