Namangan viloyatida paxta terish mashinalaridan samarali foydalanishga doir o‘quv-amaliy kurslar tashkil etildi.

“O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2025-yilda yangi xarid qilingan paxta terish mashinalaridan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida Namangan viloyatida nazariy va amaliy o‘quv kurslari tashkil etildi.
Bo‘lib o‘tgan ushbu o‘quv kurslari doirasida paxta terish mashinalarining to‘liq ro‘yxati shakllantirilib, ularga oid texnik va amaliy bilimlar o‘rgatildi. Nazariy kurslarda mexanizatorlarga paxta terish mashinalarining ishlash prinsipi, xavfsizlik qoidalari, texnik xizmat ko‘rsatish tartiblari video rolik va slaydlar yordamida tushuntirildi. “Agroinspeksiya” mutaxassislari tomonidan barcha savollarga atroflicha javoblar berildi.
Amaliy mashg‘ulotlar esa “Zumrad Ibrat” fermer xo‘jaligi dalasida va FM WORLD rasmiy paxta terish mashina servis xizmati bazasida tashkil etildi. Ushbu kurslar davomida mexanizatorlarga paxta terish mashinalarini dalada sozlash, ekspluatatsiya qilish hamda servis xizmatidan foydalanish tartiblari bo‘yicha ko‘nikmalar berildi.
Viloyatda paxta terish mashinalariga servis xizmatini ko‘rsatish va texnik nosozliklarni qisqa fursatlarda bartaraf etish maqsadida “Bo‘ston” paxta terish mashinalari uchun servis markazi hamda FM WORLD kompaniyasi bilan hamkorlikda Namangan shahrida xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek, 2025-yildan boshlab SWAN rasmiy paxta terish mashinalari uchun ham Namangan viloyatida servis markazi tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Loading

//