2025-yil boshidan jami 2 trln. 082 mlrd. so‘mlik mablag‘lar jalb qilinib, lizing loyihalarini moliyalashtirish uchun foydalanildi.
Hammamizga ma’lumki, respublikamiz qishloq xo‘jaligi korxonalarini zamonaviy va yuqori unumli texnikalar bilan ta’minlash vazifasi “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining asosini tashkil etadi.
O‘tgan yarim yilga nazar tashlaydigan bo‘lsak, “O‘zagrolizing” AJ tomonidan 2025-yil boshidan jami 2 trln. 082 mlrd. so‘mlik mablag‘lar jalb qilinib, lizing loyihalarini moliyalashtirish uchun foydalanildi.
Jumladan:
Xalqaro moliya institutlaridan mablag‘lar jalb etilishi bo‘yicha, quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Jahon bankining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi tomonidan 34 mln.dollar mablag‘lar jalb qilindi, shundan 34 mln.dollar o‘zlashtirildi.
Jahon bankining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi tomonidan Paxta terish mashinalari uchun jami 128.4 mln.dollar mablag‘lar jalb qilindi, shundan 94.4 mln.dollar o‘zlashtirildi.
Jahon bankining “Farg‘ona vodiysida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish” loyihasi tomonidan 19.5 mln.dollar mablag‘lar jalb qilindi, shundan 14.8 mln.dollar o‘zlashtirildi.
“Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi” loyihasi tomonidan 20 mln.dollar mablag‘lar jalb qilindi, shundan 20 mln.dollar o‘zlashtirildi.
Shuningdek, hududlarga o’tgan 8 oy davomida jami 4000 donadan ortiq qishloq xo‘jaligi texnikalari bo‘yicha shartnomalar imzolandi, shundan joriy yilning 31-avgust holatiga yil boshidan jami 3 899 dona texnika egalariga yetkazib berildi.
Shuningdek, “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2025-yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Xususan, paxta terish texnikalarini xarid qilish va ularni fermer xo‘jaliklariga yetkazib berish maqsadida jahonda mashhur bo‘lgan “Boshiran”, “Swan”, “Case”, “John Deere” kabi yetakchi kompaniyalar bilan shartnomalar imzolandi. Mazkur hamkorlik doirasida jami 915 dona zamonaviy paxta terish mashinalari mamlakatimizning turli hududlaridagi fermerlarga yetkazib berildi.