Gektaridan 60–70 sentner paxta hosili olinishi kutilmoqda.

Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida joylashgan “Qorayev Abdulla” fermer xo‘jaligi maydonida 24 gektarlik konturga “Porloq-2” navi paxta ekilgan. Ushbu nav tezpisharligi va sanoat uchun qulayligi bilan ajralib turadi. O‘z vaqtida amalga oshirilgan agrotexnik tadbirlar hamda defoliatsiya ishlari tufayli gektaridan 45–50 sentner hosil olinishi rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, “Xonazarov Tura” fermer xo‘jaligi dalasida ham xorijdan keltirilgan Xin Lu Zao-57 navi 10 gektar maydonda 76×10 sxema asosida yakka qator qilib ekilgan. Bu maydonga gektariga 220–240 ming tup ko‘chat joylashtirilgan.
Sug‘orish va oziqlantirish ishlari maxsus uslubiy qo‘llanmalar asosida tashkil etilgani bois gektaridan 60–70 sentner hosil olinishi kutilmoqda. O‘rganishlar davomida Paxtachilik kengashi vakillari agrotexnik tadbirlarni to‘liq va sifatli bajarish bo‘yicha tavsiyalar berdilar.
Eng muhimi, yig‘im-terim mavsumida hosilni qisqa muddatda va sifatli yig‘ib olish maqsadida “O‘zagrolizing”aksiyadorlik jamiyati tomonidan hududga zamonaviy paxta terish mashinalari yetkazib berilgani fermerlar uchun katta qulaylik yaratmoqda. Ushbu texnikalar yordamida mehnat unumdorligi oshib, dalada yetishtirilgan hosil qisqa muddatda davlat g‘aznasiga topshirilishi ta’minlanadi.

Loading

//