21-oktabr “O‘zbek tili bayrami” kuni!

Bugun, o‘zligimiz, jahon hamjamiyatida o‘z o‘rnimiz borligini namoyon etuvchi ona tilimiz – o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun!
Davlat tili — milliy davlatchilik tayanchi, millatning iftixori va kelajak avlodlar uchun maʼnaviy rahnamodir. Shu bois, ona tilimizni ardoqlash, uning qonuniy maqomini mustahkamlash va har bir sohada munosib o‘rin egallashiga hissa qo‘shish har bir fuqaroning muqaddas burchidir.
“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati jamoasi Siz, aziz yurtdoshlarimizni bugungi qutlug‘ sana – o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi hamda O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etadi!
“Ona tilimiz – milliy ma’naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir!”
Shavkat MIRZIYOYEV

Loading

//