“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatiga — 26 yil!
Bugun mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida ishonchli tayanch va taraqqiyot lokomotivi bo‘lib kelayotgan “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati o‘zining 26 yillik faoliyatini nishonlamoqda!
O‘tgan yillar mobaynida Jamiyat Respublikamiz agrar tarmog‘ini zamonaviy texnika va ilg‘or texnologiyalar bilan ta’minlash, fermer va dehqon xo‘jaliklarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash orqali qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirishda muhim o‘rin egallab kelmoqda.
“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati — bu ishonchli hamkorlik, barqaror rivojlanish va innovatsion yondashuv timsolidir. Jamiyat faoliyati natijasida yurtimiz qishloq xo‘jaligi tarmoqlari yanada mustahkamlanib, oziq-ovqat xavfsizligi va milliy iqtisodiyotning barqaror o‘sishiga katta hissa qo‘shilmoqda.
Jamoani va barcha hamkorlarni 26 yillik shukuhli sana bilan chin dildan tabriklaymiz! Yangi yutuqlar, barqaror rivojlanish va yurtimiz qishloq xo‘jaligi ravnaqi yo‘lida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
![]()




