“O‘ZAGROLIZING” aksiyadorlik jamiyati tanlov e’lon qiladi.

“O‘ZAGROLIZING” aksiyadorlik jamiyati quyidagi bo‘sh (vakant) lavozimga tanlov e’lon qiladi
Lavozim nomi: “Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh mutaxassis”
  1. Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
– yurisprudensiya yoki moliya, iqtisod yo‘nalishida oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
– yuridik sohada yoki moliyaviy nazorat yo‘nalishida kamida 5 yillik ish staji mavjudligi;
  1. Quyidagilar nomzod bo‘la olmaydilar:
– nomzod uchun qo‘yilgan talablar (1-band) ga javob bermaydigan shaxslar;
– sudlanganlik holati mavjud bo‘lgan shaxslar;
  1. Taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati:
– tanlovda qatnashish istagi bayon etilgan, tanlov shartlari va tartibi bilan tanishganligi tasdiqlangan ariza.
– nomzod to‘g‘risida ma’lumotnoma (obyektivka)
– pasport nusxasi;
– mehnat daftarchasining notarial yoki oxirgi ish joyidan tasdiqlangan nusxasi;
– diplom(lar) nusxasi;
– mavjud bo‘lgan taqdirda, ilmiy daraja va unvonlari to‘g‘risida hujjat va xalqaro sertifikatlar (CFA, CPA, CIM va b.) nusxasi;
– nomzod o‘zi lozim deb topgan boshqa hujjatlar.
 Tanlov ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqichda, da’vogarlarning taqdim etilgan hujjatlari, to‘liqlik (3-band) va nomzodga qo‘yiladigan talablar (1-band)ga muvofiqlik bo‘yicha tanlab olinadi.
Ikkinchi bosqichda, birinchi bosqichda tanlab olingan nomzodlar bilan korrupsiyaga qarshi kurash agentligi xodimi ishtirokida suhbat va test sinovi o‘tkaziladi.
Suhbatda nomzodning:
– o‘zbek tilida ravon gapira olishi, yozishma olib bora olishi;
– kompyuterda ishlash ko‘nikmasi (Microsoft Word, Microsoft Excel) mavjudligi;
– lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini bilishi;
– korrupsiyaga qarshi kurash sohasida qabul qilingan qonun va qonun osti hujjatlarini chuqur bilishi;
– lizing faoliyatini tartibga soluvchi qonun va qonun osti hujjatlari mazmunini bilishi baholanadi.
Shuningdek, nomzodning hushmuomalalik, analitik fikrlash, stressga chidamlilik, jamoada ishlash qobiliyati baholanadi.
Suhbat natijalari ijobiy deb topilgan taqdirda nomzod test sinovlari jarayoniga jalb etiladi.
Test savollari orqali nomzodlarning lizing sohasi bo‘yicha va O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha qonunchiligini bilishi, moliyaviy nazorat, komplayens nazorat, mantiqiy fikrlash bo‘yicha bilimlari baholanadi.
Test sinovlaridan eng yuqori ballni qo‘lga kiritgan nomzod tanlovda g’olib deb topiladi.
Hujjatlar 2025-yil 5-19-noyabr, dushanba-juma kunlari Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasi 42A-uyda soat 10:00 dan 17:30 gacha qabul qilinadi.
Topshirilgan hujjatlar qaytarilmaydi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon raqami: 71 207-30-38

Loading

//