Izchil yondashuvlar davom etmoqda.

Qishloq xo‘jaligi texnikalarini mavsumdan so‘ng to‘g‘ri saqlovga olish bo‘yicha izchil amaliy ishlar davom etmoqda. Shu maqsadda Xorazm viloyatida paxta terish mashinalari va don o‘rish kombaynlarini “Saqlov qoidalari” asosida saqlash masalalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.
Tadbirda “O‘zagrolizing” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari A. Nasirdinov, viloyat hokimligi mutasaddilari, fermer xo‘jaliklari, klaster rahbarlari va ilmiy muassasalar vakillari ishtirok etdilar.
Seminarda texnikalarni saqlovga tayyorlash, konservatsiya qilish, texnik holatini nazorat qilish, saqlash joylarini talab darajasida tashkil etish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi. Mutaxassislar tomonidan texnikaning xizmat muddatini uzaytirish, keyingi mavsumda uning ish unumdorligini oshirish hamda “Saqlov qoidalari”ga qat’iy rioya qilish muhimligi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida joylarda nazorat tizimini kuchaytirish, amaliy yordamni kengaytirish va mutaxassislar malakasini oshirish zarurligi qayd etildi.
“O‘zagrolizing” AJ qishloq xo‘jaligi texnikalarini yetkazib berish bilan bir qatorda, ularni to‘g‘ri ekspluatatsiya qilish va saqlovga olish borasida ham tizimli yondashuvni davom ettirmoqda. Ushbu seminarlar esa soha vakillari uchun tajriba almashish va amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash imkonini bermoqda.

Loading

//