11 noyabr – O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni!
Sizlarni 11-noyabr – O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati jamoasi nomidan chin dildan tabriklaymiz!
Bugungi kunda kasaba uyushmalari jamiyatimizning ajralmas qismi, inson manfaatlarini himoya qiluvchi, adolat, birdamlik va o‘zaro hurmat tamoyillarini targ‘ib etuvchi eng yirik jamoat tashkilotlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
Mamlakatimizda 11-noyabr – “O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni” sifatida nishonlanayotgani xalqimizning mehnatsevarlik, jamoaviylik va ijtimoiy mas’uliyatga bo‘lgan hurmatining ifodasidir.
Kasaba uyushmalari tomonidan xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, bandlikni ta’minlash, mehnatkashlar va ularning oilalarini sog‘lomlashtirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etish, shuningdek, dam olish va madaniy hordiq uchun sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar e’tiborga loyiqdir.
Ushbu sharafli kasb bayrami munosabati bilan Sizlarga mustahkam sog‘lik, bardavom kuch-g‘ayrat, faoliyatingizda yanada yuksak natijalar, oilangizga esa baxt, tinchlik va farovonlik tilaymiz.
Hurmat bilan,
“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati jamoasi
![]()




