Bir vatan, bir el, bir bayroq — bayrog‘imiz har doim osmonimizda erkin hilpirasin!

1991-yil 18-noyabr — xalqimiz tarixidagi eng muhim sanalardan biridir. Aynan shu kuni mustaqil O‘zbekistonning Davlat bayrog‘i qabul qilinib, milliy timsollarimiz safini to‘ldirgan hamda ozodligimizning yorqin belgisiga aylangan edi.
Bugun bayrog‘imiz biz uchun shunchaki ramz emas — u xalqimizning ruhi, g‘ururi, orzu-umidlari va kelajak sari dadil intilishining timsolidir. Bayrog‘imiz hilpiragan har bir maskan yurtimizning sha’nu sharafidan darak beradi.
Shu qutlug‘ ayyomda yurtimizda doimo tinchlik-osoyishtalik, birlik va hamjihatlik hukm surishini tilaymiz!
Bayrog‘imiz baland hilpirasin, diyorimizning kelajagi yanada porloq bo‘lsin!
Hurmat bilan,
“O’zagrolizing” AJ jamoasi

Loading

//