“AgroExpo Uzbekistan–2025”: agrar sohada innovatsiyalar va yangi hamkorliklar.

Xabar berganizmidek, Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz”da yirik xalqaro ko‘rgazma — “AgroExpo Uzbekistan–2025” o‘z ishini boshladi. Ushbu maydon agrar sohaning eng ilg‘or texnologiyalari, innovatsion yechimlari va xalqaro hamkorlik istiqbollarini birlashtiruvchi muhim platformaga aylangan.
Ko‘rgazmada raqamlashtirilgan agrotexnologiyalar, sun’iy intellekt asosidagi monitoring tizimlari, tejamkor sug‘orish uskunalari, shuningdek, dronlar va avtonom qishloq xo‘jaligi texnikalari keng namoyish etilmoqda. Tadbirda 20 dan ortiq davlat kompaniyalari o‘z mahsulotlari va qo‘shma loyihalari bo‘yicha hamkorlik takliflari bilan ishtirok etib, O‘zbekiston bilan innovatsion aloqalarni kengaytirmoqda.
“O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati ham an’anaga ko‘ra “AgroExpo Uzbekistan–2025”da o‘z stendi bilan qatnashmoqda. Stendda qishloq xo‘jaligi texnikalarini lizing asosida moliyalashtirish bo‘yicha yangilangan shartlar, qulay tariflar va tadbirkorlar uchun mavjud imtiyozlar taqdim etilmoqda. Mehmonlar zamonaviy texnikalar, lizing mexanizmlari, mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot olishlari mumkin.
Eslatib o’tamiz, ko’rgazma 28-noyabrga qadar davom etadi.
Batafsil videolavhada.

Loading

//