Qishning birinchi kuni muborak bo‘lsin!

Bugun yurtimizga qish fasli rasman qadam qo‘ydi. Kechagina kuzning iliq nafasi sezilib turgan bo‘lsa, bugun tongni mayin qorning sokin yog‘dusi qarshi oldi. Tabiatning bu o‘zgarishi fasllarning tabiiy davomiyligi, mehnat va umidlarning yangi bosqichi boshlanishidan dalolat beradi.
Qish fasli — nafaqat sovuq kunlar, balki tartib, tayyorgarlik va mas’uliyat davri hamdir. Agrar sohada faoliyat yuritayotgan yurtdoshlarimiz ushbu faslning har bir kuni kelgusi hosilga bevosita ta’sir qilishini chuqur anglaydi. Qor yogʻishi, tuproqning nam to‘plash jarayoni, yerning dam olishi – bularning barchasi yil davomida ko‘riladigan mehnat samarasiga xizmat qiladi.
Shu boisdan, qishning boshlanishi qishloq xo‘jaligi tizimi xodimlari uchun oddiy fasl almashinuvi emas, balki kelgusi mavsum uchun mas’uliyatli tayyorgarlik jarayonining muhim bosqichidir.
Faslning kirib kelishi yurtimiz dalalariga baraka, mehnatkashlarimizga kuch-quvvat, xalqimizga esa to‘kin-sochinlik olib kelsin. Oq qor bahordan kutayotgan hosilning ilk xabarchisi bo‘lib xizmat qilsin.

Loading

//