Umumiy qiymati 4 trillion 316 milliard so‘m miqdoridagi texnikalar lizing asosida yetkazib berildi.
“O‘zagrolizing” AJ 26 yildirki O‘zbekiston lizing bozorida yetakchi o‘rinniegallab kelmoqda. Shu davr mobaynida jamiyat tomonidan qariyb 100 mingdan ortiq, umumiy qiymati 9 trillion so‘mdan ziyod qishloq xo‘jaligi texnikalari lizing asosida yetkazib berildi.
Muhtaram Prezidentimizning alohida e’tiborlari tufayli joriy yilda Jamiyat ustav kapitali 1 trillion 16 milliard so’m ekvivalenti miqdoriga yetkazildi. Bu esa xorijiy moliya bozorlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yirik mablag‘larni jalb etish hamda Jamiyat faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish imkonini berdi.
2025-yilning o‘tgan 10 oyi davomida Jamiyatning hududiy filiallari orqali qishloq xo‘jaligi korxonalariga 5 043 dona turli rusumdagi texnikalar, umumiy qiymati 4 trillion 316 milliard so‘m miqdorida lizing asosida yetkazib berildi. Yetkazib berilgan texnikalarning asosiy qismini paxta terish mashinalari tashkiletib, 2025-yilda 957 dona paxta terish mashinasi topshirildi va ularning umumiy qiymati 3 trillion 341 milliard so‘mdan oshdi.
Shuningdek, traktorlar, g‘alla o‘rish kombaynlari, omochlar, kultivatorlar, tirkamalar, ekish seyalkalari hamda boshqa turdagi zamonaviy texnika va mexanizmlar ham respublika bo‘ylab lizing oluvchilarga yetkazib berildi. Natijada joriy yilning 10 oyi davomida lizingga berilgan texnikalar hajmi o‘tgan yilning shudavriga nisbatan 176 foizga oshdi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining 2025-yil 15-oktabrdagi qo‘shma qaroriga muvofiq, “O‘zagrolizing” AJ hamkorligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda paxta terish mashinalari mexanizatorlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha zamonaviy nazariy-amaliy o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur o‘quv jarayonlari davomida respublika bo‘ylab 1 000 dan ortiq mexanizator paxta terish mashinalarining konstruktiv tuzilishi, ishlashmexanizmi, boshqaruvi va xavfsiz ekspluatatsiyasi bo‘yicha amaliymashg‘ulotlarda ishtirok etib, zarur ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
![]()




