“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida targ‘ibot chellenji o‘tkazildi.
Tadbir doirasida jamiyat xodimlari korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qat’iy munosabat bildirishar ekan, o‘z faoliyatlarida halollik, shaffoflik va qonuniylik tamoyillariga sodiqliklarini namoyon etdilar. Chellenj davomida ishtirokchilar korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat vazifalarini vijdonan bajarish hamda jamoada sog‘lom axloqiy muhitni mustahkamlashga oid chaqiriqlarni ilgari surdilar.
Mazkur tashabbus jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan tizimli va kompleks choralarning navbatdagi amaliy davomidir. Tadbirning asosiy maqsadi — xodimlarning huquqiy ongini yanada oshirish, korrupsion holatlarning oldini olish mexanizmlarini kuchaytirish hamda jamiyatda halol mehnat va mas’uliyatli xizmat madaniyatini yanada rivojlantirishdan iborat.
“O‘zagrolizing” AJ rahbariyati kelgusida ham korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini izchil davom ettiradi hamda ochiq, adolatli va mas’uliyatli boshqaruv tizimini mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni kengaytirib boradi.
![]()











