ESG tamoyillarining o‘rni va ularni tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv a’zolari, Kuzatuv kengashi huzuridagi Strategiya va investitsiyalar qo‘mitasi raisi hamda Kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi Malika Sharipova, shuningdek, Progressiv islohotlar markazi mutaxassisi S.To‘xtamishov ishtirokida lizing siyosatida ESG tamoyillarining o‘rni va ularni jamiyatning lizing strategiyasiga bosqichma-bosqich tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida ekologik barqarorlik, ijtimoiy mas’uliyat va korporativ boshqaruvning zamonaviy talablari asosida lizing jarayonlarini takomillashtirish, mijozlar bilan ishlash amaliyotida xalqaro standartlarga mos yondashuvlarni joriy etish hamda ESG mezonlarining strategik qarorlarda tutgan o‘rnini kuchaytirish bo‘yicha taklif va yondashuvlar bildirildi.
Shuningdek, ESG tamoyillarini lizing mahsulotlari dizayni, risklarni boshqarish tizimi hamda monitoring jarayonlariga integratsiya qilish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur muloqot jamiyatning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini yanada takomillashtirish va xalqaro amaliyotga moslashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
![]()




