E’lon

Bugun soat 15:30 da “O‘zagrolizing” AJda rahbariyat va fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirokida “Fermerlar bilan ochiq muloqot: amaliy hamkorlik va taraqqiyot yo‘nalishlari” mavzusidagi uchrashuv Zoom platformasi orqali o‘tkaziladi.
Tadbir davomida lizing xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha dolzarb masalalar, jarayonlarni takomillashtirish, fermerlarning ehtiyoj va takliflari yuzasidan ochiq muloqot tashkil etiladi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi — o‘zaro samarali aloqalarni mustahkamlash, yechimga yo‘naltirilgan fikr-mulohazalarni tinglash va hamkorlikni yanada rivojlantirishdir.
Sizni qiziqtirgan savollaringiz bo’lsa @uzalchat ga yuboring.

Loading

//