“Fermerlar bilan ochiq muloqot: amaliy hamkorlik va taraqqiyot yo‘nalishlari”.

“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining Boshqaruv a’zolari va Qashqadaryo viloyat filiali fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirokida “Fermerlar bilan ochiq muloqot: amaliy hamkorlik va taraqqiyot yo‘nalishlari” mavzusidagi keng qamrovli onlayn uchrashuv Zoom platformasi orqali o‘tkazildi.
Tadbir davomida hududiy fermerlarning dolzarb masalalari, jumladan, texnika yetkazib berish jarayonlari, lizing shartlari, xizmat ko‘rsatish sifati va moliyaviy mexanizmlar bilan bog‘liq savollar batafsil tinglandi.
Rahbariyat tomonidan har bir masala bo‘yicha amaliy yechimlar taklif qilinib, jarayonlarni soddalashtirish, xizmatlar tezkorligini oshirish va fermerlar bilan doimiy muloqot mexanizmlarini kuchaytirish bo‘yicha aniq topshiriq va yo‘nalishlar belgilandi.
Uchrashuv yakunida fermerlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, mavjud muammolarni operativ hal etish hamda kelgusidagi faoliyatni yanada samarali tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Loading

//