Agrotexnika bozorida yangi bosqich: “Swan” zavodi bilan hamkorlik ufqlari.
“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy tuzilmalari faoliyatini takomillashtirish, zamonaviy texnika hamda innovatsion texnologik jarayonlarni o‘rganish maqsadida jamiyatdan bir guruh mutaxassislari Xitoy Xalq Respublikasidagi “Swan” ishlab chiqarish korxonasiga amaliy tashrif uyushtirdi.
Delegatsiya tarkibida Farg‘ona, Surxondaryo va Samarqand viloyat filiallarining rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi mutaxassislari hamda markaziy apparat xodimlari ishtirok etdilar.
Tashrif davomida ishtirokchilar “Swan” zavodining ishlab chiqarish quvvatlari, zamonaviy texnologik liniyalari, sifat nazorati va sinov-diagnostika tizimlari bilan batafsil tanishdilar. Shuningdek, delegatsiya a’zolari qishloq xo‘jaligi texnikasini yig‘ish, sinovdan o‘tkazish va eksportga tayyorlash jarayonlarini amaliy ravishda kuzatib bordilar.
Ushbu tashrifning asosiy maqsadi — xorijiy ishlab chiqaruvchilarning ilg‘or tajribasini o‘rganish, samarali texnologik yechimlarni mahalliy sharoitga joriy etish va tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdir.
Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berish, servis xizmatlarini rivojlantirish va kooperatsiya yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish borasida o‘zaro fikr almashdilar.
Tashrif davom etmoqda: yangiliklar bilan rasmiy sahifalarimiz orqali tanishishingiz mumkin.
![]()




