“Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat” bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimiga e’lon qilingan tanlovning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Bugun “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatida “Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat” bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimiga e’lon qilingan tanlovning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur jarayon jamiyatning ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga muvofiq, rasmiy axborot siyosati doirasida jamiyatning rasmiy sahifalari orqali onlayn tarzda, jonli efirda keng jamoatchilikka namoyish etildi.
Tanlovda nomzodlarning ushbu yo’nalishdagi huquqiy bilimlari, shuningdek kasbiy va hayotiy tajribalari har tomonlama baholandi. Jumladan, ishtirokchilarning:
  • korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi nazariy bilimlari va amaliy tajribasi;
  • lizing sohasiga oid amaldagi qonunchilik bo‘yicha tayanch bilimlari;
  • professional malakasi, tahliliy fikrlash hamda ishchanlik qobiliyatlari;
  • mas’uliyat, intizom, halollik va kasbiy-axloqiy fazilatlari keng qamrovda va xolislik tamoyillari asosida baholandi.
Mazkur tanlov “O‘zagrolizing” AJda korrupsiyaning oldini olish, ichki nazorat tizimini yanada kuchaytirish hamda malakali va mas’uliyatli kadrlarni tanlab olishga qaratilgan tizimli islohotlarning muhim bosqichi hisoblanadi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra tanlab olingan mutaxassis jamiyatda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini kuchaytirish, profilaktik tadbirlarni samarali amalga oshirish, xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda lizing faoliyati doirasida qonuniylik, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga munosib hissa qo‘shishi kutilmoqda.

Loading

//