Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni – Hosil bayrami muborak bo‘lsin!
Hurmatli soha fidoyilari va qadrli vatandoshlar!
Sizlarni bugungi qutlug‘ sana — “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni – Hosil bayrami” bilan “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz.
Bu bayram dehqon va fermerlar bilan bir qatorda, butun agrar tizimda fidokorona mehnat qilayotgan minglab yurtdoshlarimiz uchun katta e’tirofdir. Yerga mehr bilan munosabatda bo‘lib, yurtimiz farovonligi yo‘lida sidqidildan xizmat qilayotgan har bir inson uchun ushbu sana alohida ahamiyatga ega.
Bugun qishloq xo‘jaligi mamlakatimiz taraqqiyotining muhim strategik tarmoqlaridan biriga aylanib bormoqda. Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan Qishloq xo’jaligini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi doirasida sohada tub islohotlar amalga oshirilmoqda, zamonaviy texnologiyalar va bozor mexanizmlari izchil joriy etilmoqda.
Ishonchimiz komilki, soha vakillarining hamjihat va samarali mehnati natijasida qishloq xo‘jaligi yanada rivojlanib, yuksak natijalarga erishiladi.
Fursatdan foydalanib, qishloq xo‘jaligi sohasida mehnat qilayotgan barcha yurtdoshlarimizni ushbu fayzli bayram bilan yana bir bor tabriklab, sizlarga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga qut-baraka, mehnatingizga esa doimo yuksak e’tirof tilaymiz.
Hurmat bilan,
“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati jamoasi
![]()




